Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 279437
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
30 Okt 2026
11:15

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Mahallada uyma-uy yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 19-"Quduqsoy" saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Quduqsoy" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi uyma-uy o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

✅O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

✅uyma-uy o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning murojaatlar jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.