Barcha yangiliklar
🔰Byudjet kodeksi ijrosi.
Gallery image 279435
Gallery image 279436
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
30 Okt 2026
11:01

🔰Byudjet kodeksi ijrosi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari tomonidan mahalliy byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi. O‘rganish davomida shahar Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Azimov hamda deputat N. Xosilmurodov O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablarining bajarilish holatini ko‘zdan kechirdilar.

🔸Deputatlar shahar Kengashi tomonidan sohaga oid qabul qilingan tegishli qarorlarning hayotga qay darajada tatbiq etilayotganiga alohida eʼtibor qaratdilar. O‘rganish yakunlari bo‘yicha byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan soha masʼullariga zarur tavsiyalar berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook