Barcha yangiliklar













MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
30 Okt 2026
10:42
Chodakboshida ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmoqda
Chodakboshida ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Pop tumani hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev boshchiligida Chodakboshi mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish, hududni obodonlashtirish hamda olib borilayotgan qurilish ishlarining holati o‘rganildi. O‘rganish davomida hududning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlarining sifati va qurilish jarayonlariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida amalga oshirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.