Barcha yangiliklar
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Kotibiyat_xodimi_faoliyati #_deputat_faoliyati  #_24_ta_masala SHARAFОBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILIB, MUROJAATLAR NAZORATGA OLINDI
Gallery image 279422
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
30 Okt 2026
10:34

#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Kotibiyat_xodimi_faoliyati #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala SHARAFОBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILIB, MUROJAATLAR NAZORATGA OLINDI

#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
SHARAFОBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILIB, MUROJAATLAR NAZORATGA OLINDI


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 16-Buyrapush saylov okrugidan saylangan deputati A.Axmedov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova ishtirokida Sharafobod mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan kommunal sohadagi mavjud muammolar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada yuksaltirish hamda ijtimoiy muhitni barqarorlashtirishga oid masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilash va ularning ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilishi va ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.
Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.