Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
30 Okt 2026
10:30
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Kengash_ish_rejasining_ijrosi #Ekspertlar_guruhi_faoliyati Maktabdagi ta’lim sifati va moddiy-texnik baza o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_Kengash_ish_rejasining_ijrosi
#Ekspertlar_guruhi_faoliyati
Maktabdagi ta’lim sifati va moddiy-texnik baza o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “18-Shoqishloq” saylov okrugidan saylangan deputati F.Yusupov, tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M. Normo‘minova hamda kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan deputat okrugidagi “Daragiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanganlik holati hamda ta’lim sifatini oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Xususan, o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash holati, mavjud darsliklarning soni, ularning saqlanishi va foydalanish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning zarur darslik va o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, maktabda musiqa fanini o‘qitish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud cholg‘u asboblarining holati va ulardan o‘quv mashg‘ulotlari hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanish samaradorligi o‘rganildi.