Barcha yangiliklar
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_masala Кuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 279418
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
30 Okt 2026
10:28

#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_masala Кuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#_Haftalik_ish_reja
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_ta_masala
Кuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “19-Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati S.Qurbonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Niholzor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mahalladagi ijtimoiy soha ob’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi.

Xususan, ob’ektlarning ichimlik suvi, issiq suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati, elektr energiyasidan samarali va tejamkor foydalanish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlarining 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, jumladan, isitish tizimlarining texnik holati, qozonxonalar va isitish qurilmalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.