Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
30 Okt 2026
10:26
#_Haftalik_ish_reja #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24 talik masala Mahallada obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
#_Haftalik_ish_reja
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24 talik masala
Mahallada obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Sariosiyo tumanida mahallalar obodligini ta’minlash, hududlarni yanada ko‘rkamlashtirish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 23-Aeroport saylov okrugidan saylangan deputati N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova boshchiligida Aeroport mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida mahalla hududini tozalash, atrof-muhitni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hududning ozodaligini saqlash, jamoat joylarini tartibga keltirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish borasida amaliy ishlar bajarildi.