Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
29 Okt 2026
10:24
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Kotibiyat_mudiri_faoliyati #_biriktirilgan_tashkilot #_qonun_ijrosi Sariosiyo tumani gaz ta’minoti filiali faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#_biriktirilgan_tashkilot
#_qonun_ijrosi
Sariosiyo tumani gaz ta’minoti filiali faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining «7-Tortuli» saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov tomonidan Sariosiyo tumani gaz ta’minoti filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida filial tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi va yuridik shaxslarning tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish holati, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari hamda xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017- il 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi tahlil qilindi. Xususan, fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarining belgilangan tartibda qabul qilinishi, o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqilishi, ularda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilishi hamda murojaat mualliflariga tegishli javoblar berilishi holatiga e’tibor qaratildi.