Barcha yangiliklar













YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
30 Okt 2026
10:24
🔰RAHBAR VA YoSHLAR UCHRASHUVI.
📌Jizzax politexnika institutida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K. Xolmurodov va institut rektori A. Usmonqulov ishtirokida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.
🔸Tadbir davomida ishtirokchilar Yoshlar texnoparki muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdilar. So‘ng talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, unda yoshlar taʼlimi, bandligi va kasb tanlash masalalari muhokama qilindi.
🔸Uchrashuv doirasida Jizzax shahar hokimligi va institut o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, shahardagi maktablarning 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilarini qizqishlari bo‘yicha kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.