Barcha yangiliklar
#_Ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Xurshid mahallasida mas’ullar faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari tuman Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputati T.Mirzayev hamda kotibiyati xodimlari tomonidan deputatning saylov okrugiga kiruvchi Xurshid mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 279409
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
29 Okt 2026
10:22

#_Ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Xurshid mahallasida mas’ullar faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari tuman Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputati T.Mirzayev hamda kotibiyati xodimlari tomonidan deputatning saylov okrugiga kiruvchi Xurshid mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

#_Ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Xurshid mahallasida mas’ullar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputati T.Mirzayev hamda kotibiyati xodimlari tomonidan deputatning saylov okrugiga kiruvchi Xurshid mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi hamda profilaktika inspektorining faoliyati tahlil qilinib, hududda aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganish tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida, avvalo, hududdagi ishsiz va ish izlayotgan fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, aholining doimiy daromad manbalarini shakllantirish, mehnat bozoridagi talab va taklifni muvofiqlashtirish hamda fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikning oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash hamda ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish borasidagi ishlar holati ham tahlil qilindi.