Barcha yangiliklar
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_265_I_sonli_Qonun #_biriktirilgan_tashkilot_faoliyati #_kotibiyat_xodimini_faoliyati Qonun ijrosi — deputat e’tiborida Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 279408
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
29 Okt 2026
10:20

#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_265_I_sonli_Qonun #_biriktirilgan_tashkilot_faoliyati #_kotibiyat_xodimini_faoliyati Qonun ijrosi — deputat e’tiborida Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qonun ijrosi o‘rganildi

#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_265_I_sonli_Qonun
#_biriktirilgan_tashkilot_faoliyati
#_kotibiyat_xodimini_faoliyati
Qonun ijrosi — deputat e’tiborida
Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qonun ijrosi o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 17-Dashnaobod saylov okrugidan saylangan deputati D.Mamadiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Sariosiyo tumani Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishdan asosiy maqsad — tibbiyot birlashmasida aholiga, xususan, xotin-qizlar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik talablarining ijrosini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida Sariosiyo tumani Tibbiyot birlashmasining onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qonun fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlarini ta’minlash, tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda profilaktika chora-tadbirlarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilaydi.