Barcha yangiliklar







XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
29 Okt 2026
10:16
#_Kengash_raisi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati Mahalliy Kengash deputatlari so‘rovlarining natijadorligi va davlat organlari rahbarlari hisobotlarini eshitish masalalari muhokama qilindi
#_Kengash_raisi_faoliyati
#_doimiy_komissiya_faoliyati
Mahalliy Kengash deputatlari so‘rovlarining natijadorligi va davlat organlari rahbarlari hisobotlarini eshitish masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati tomonidan videokonferensiya shaklida tashkil etilgan seminarda Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlarini o‘rganish natijalari, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tegishli davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish amaliyoti muhokama qilindi.
Mazkur seminarda tuman Kengashi raisi M.Ashurov boshchiligida tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida deputatlar tomonidan yuborilayotgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligini oshirish, ularning natijadorligini ta’minlash, shuningdek, tegishli davlat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish jarayonida uchrayotgan kamchiliklar hamda bu borada erishilgan yutuqlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, deputatlik so‘rovlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va davlat organlari rahbarlarining hisobdorligini ta’minlash yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi