Barcha yangiliklar
#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_O‘RQ_642_sonli_qonun_tahlili #_biriktirilgan_tashkilot_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Gallery image 279399
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
28 Okt 2026
10:11

#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_O‘RQ_642_sonli_qonun_tahlili #_biriktirilgan_tashkilot_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati

#_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_O‘RQ_642_sonli_qonun_tahlili
#_biriktirilgan_tashkilot_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati


Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tuman bo‘limi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashiga ko‘maklashish, aholini doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda ehtiyojmand oilalar daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, unda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligi tahlil etildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.