Barcha yangiliklar
#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi salomatligi deputat nazoratida.
Gallery image 279398
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
28 Okt 2026
10:08

#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Aholi salomatligi deputat nazoratida.

#_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
Aholi salomatligi deputat nazoratida.


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "17-Dashnabod" saylov okrugidan saylangan deputati D.Mamadiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova Sarijar mahallasida o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosi yuzasidan hududda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, xususan, tez tibbiy yordam xizmati faoliyati hamda kafolatlangan bepul tibbiy yordamning aholiga ko‘rsatilishi tahlil etildi.
Shuningdek, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, tibbiyot muassasalari faoliyati va fuqarolarni qiynayotgan mavjud muammolarga e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar o‘rganildi.