



🔰Ijro intizomi va kelgusi rejalarni muhokama qildi.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi M.Imomov, Kengash kotibiyati mudiri M.Adilova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Yakubov va N.Xosilmurodovlar ishtirokida Kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔻Yig‘ilishning asosiy yo‘nalishlari:
🔘Shahar Kengashi va kotibiyat tomonidan yakunlangan davr mobaynida bajarilgan chora-tadbirlar hisoboti tinglandi.
🔘Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab olindi.
🔘Kotibiyat mutaxassislariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 YouTube 📱 Telegram 📱 Facebook