Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
28 Okt 2026
10:02
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_talik_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Telpakchinor mahallasida obodonlashtirish va kommunal sohadagi ishlar manzilli o‘rganildi
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_talik_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Telpakchinor mahallasida obodonlashtirish va kommunal sohadagi ishlar manzilli o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "15-Telpakchinor" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Хamdamova Telpakchinor mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarni manzilli o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahalla raisi Z.Jumaev bilan birgalikda hududda kommunal xizmatlar ko‘rsatish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holati, shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla hududida tozalikni saqlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimini yanada samarali tashkil etish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Deputatlik nazorati doirasida mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar bilan hamkorlik qilish hamda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.