Barcha yangiliklar
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_talik_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati “Bog‘ishirin” mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Gallery image 279389
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
27 Okt 2026
09:58

#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_talik_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati “Bog‘ishirin” mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_24_talik_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
“Bog‘ishirin” mahallasida aholi muammolari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 8-G‘alaba  saylov okrugidan saylangan deputati X.Melikov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov “Bog‘ishirin” mahallasida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
O‘rganish davomida mahalla aholisi kundalik hayotda duch kelayotgan muammolar, hududdagi mavjud kamchiliklar, shuningdek, mahallani yanada obod qilish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan taklif hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Deputat fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyatini o‘rgandi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor bilan yondashish va aholi manfaatlarini ta’minlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.