Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
27 Okt 2026
09:56
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Deputat_faoliyati #_Kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala #_Qonun_ijrosi_tahlili Maktab kutubxonasi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_Deputat_faoliyati
#_Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
#_Qonun_ijrosi_tahlili
Maktab kutubxonasi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "14-Navro‘z" saylov okrugidan saylangan deputat S.Avazov va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan «Yoqutlibog‘» mahallasida joylashgan 18-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxona fondidagi mavjud badiiy, ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlari, kitoblarning saqlanish holati hamda o‘quvchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ-280-sonli "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni talablarining bajarilishi, kutubxona xizmatlarini tashkil etish va o‘quvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktab kutubxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlikni ommalashtirish, o‘quvchilarning ma’naviy- intellektual salohiyatini oshirish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.
Kitob mutolaasi yosh avlodning dunyoqarashi, bilim va tafakkurini boyitishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois maktab kutubxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning kitob fondini boyitish va o‘quvchilarni muntazam mutolaaga jalb etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi muhimdir.