Barcha yangiliklar







XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
27 Okt 2026
09:54
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Deputat_faoliyati #_Kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala Deputat va saylovchilar uchrashuvi
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_Deputat_faoliyati
#_Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi «23-Aeroport» saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Хamdamova ishtirokida «Alisher Navoiy» va "Aeroport" mahallalari fuqarolari hamda 2-sonli umumta’lim maktabi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida deputat N.Chorshanbiyeva mamlakatimizda aholi farovonligini oshirish, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholiga yaratilayotgan qulayliklar hamda fuqarolarning turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Muloqot davomida mahalla fuqarolari va maktab xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari hamda ularni o‘ylantirayotgan masalalar tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topish masalalari muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlar deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududni yanada obod va farovon maskanga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi