Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
27 Okt 2026
09:52
#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala #_Ekspertlar_guruhi_faoliyati Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
#_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
#_Ekspertlar_guruhi_faoliyati
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining «17-Dashnabod» saylov okrugidan saylangan deputati D.Mamadiyeva hamda tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M.Normo‘minova Sarijar mahallasida o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosi yuzasidan hududda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, xususan, tez tibbiy yordam xizmati faoliyati hamda kafolatlangan bepul tibbiy yordamning aholiga ko‘rsatilishi tahlil etildi.
Shuningdek, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, tibbiyot muassasalari faoliyati va fuqarolarni qiynayotgan mavjud muammolarga e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar o‘rganildi.