

#_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_Yoshlar_maslahat_guruhi_faoliyati Yoshlar — yurt kelajagi, taraqqiyot tayanchi
#_ish_reja_ijrosi
#_deputat_faoliyati
#_Yoshlar_maslahat_guruhi_faoliyati
Yoshlar — yurt kelajagi, taraqqiyot tayanchi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi huzuridagi «Yoshlar maslahat guruhi» rahbari D.Sattorov boshchiligida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda tuman Kengashi huzuridagi «Yoshlar maslahat guruhi» a’zolari hamda tuman Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi N.Xamdamova ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish, muammo va takliflarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda yoshlarning kelajakda malakali mutaxassis, tashabbuskor tadbirkor va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan faol fuqarolar bo‘lib yetishishida bunday uchrashuvlarning ahamiyati ta’kidlandi.
Davra suhbati ochiq muloqot va fikr almashish ruhida o‘tib, yoshlarning taklif va mulohazalarini tinglash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikrlar bildirildi.
Zero, yoshlarga berilgan e’tibor — kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevordir. Yoshlarning bilimli, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lib kamol topishi yurtimiz taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.