Barcha yangiliklar



XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
27 Okt 2026
09:49
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi #_Deputat_faoliyati #_Kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_talik_masala “Terakzor” mahallasida aholi muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari belgilandi
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_Deputat_faoliyati
#_Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_24_talik_masala
“Terakzor” mahallasida aholi muammolari o‘rganilib, ularni hal etish choralari belgilandi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 15-Telpakchinor saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova “Terakzor” mahallasida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad — fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish, ularning murojaat va takliflarini tinglash hamda mavjud masalalarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot davomida mahalla aholisi kundalik hayotda duch kelayotgan muammolar, hududdagi mavjud kamchiliklar, shuningdek, mahallani yanada obod qilish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan taklif hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Deputat fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyatini o‘rgandi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor bilan yondashish va aholi manfaatlarini ta’minlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Bunday ochiq muloqotlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarining natijadorligini kuzatib borish va aholi bilan doimiy muloqotni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi