



🔰Deputat nazorati.
📌Jizzax shahar “Ittifoq” va “Yoshlik” mahallalaridagi ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi istiqomat qilayotgan ko‘p qavatli uylarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlarda keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸O‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar hokimi K. Xolmurodov “Ittifoq” MFYhududida joylashgan 9-sonli DMTTda bo‘ldi. Tashrif davomida muassasaning faoliyati, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud kamchiliklar bilan yaqindan tanishildi.
🔸Joriy o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yana-da yaxshilash hamda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun munosib va qulay turmush sharoitlarini yaratish yuzasidan soha masʼullariga tegishli ko‘rsatma va vazifalar belgilab berildi.