Barcha yangiliklar
M. EŞTEMIROV MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIŞ ÇORALARI ÖRGANILDI
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Okt 2026
09:35

M. EŞTEMIROV MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIŞ ÇORALARI ÖRGANILDI

M. EŞTEMIROV MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIŞ ÇORALARI ÖRGANILDI

Tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş — doimiy e’tiborda!

29-oktabr kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengaşining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengaş kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan özi saylangan M. Eştemirov mahallasida “Mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim yönalişlari böyiça tavsiyalar”ning 2-bandi ijrosi yuzasidan örganiş işlari olib borildi.

Jarayonda mahallada jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş hamda aholi örtasida huquqiy madaniyatni oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilindi.

Ta’kidlaş joizki, M. Eştemirov mahallasi jinoyatçilik darajasi böyiça “yaşil” toifadagi hudud hisoblanadi. Örganiş davomida uşbu ijobiy holatni saqlab qoliş, mahalla yettiligi va profilaktika inspektori hamkorligini kuçaytiriş, şuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan çora-tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Örganiş yakunida mahallada tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda profilaktik işlarni yanada takomillaştiriş yuzasidan tegişli tavsiya va takliflar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.