Barcha yangiliklar
“MA’ORIF” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH LOYIHASINING AMALDAGI HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 279347
Gallery image 279348
Gallery image 279349
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
30 Okt 2026
09:36

“MA’ORIF” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH LOYIHASINING AMALDAGI HOLATI O‘RGANILDI

Marg‘ilon shahrida aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalardagi mavjud infratuzilma muammolarini bartaraf etish hamda fuqarolar tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash borasida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

“Ma’orif” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyihaning bugungi kundagi holatini o‘rganish maqsadida hududga chiqib, joyiga borgan holda deputatlik nazorati tashkil etildi.

O‘rganishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov,kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, mahalla raisi, elektr tarmoqlari korxonasi hamda moliya bo‘limining mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mahalla raisi hamrohligida loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan hudud ko‘zdan kechirilib, elektr ta’minotiga oid mavjud holat, aholining ehtiyojlari va loyihaning amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan loyihani ro‘yobga chiqarish, zarur tashkiliy va moliyaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha “Ochiq budjet” tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy ahamiyati va aholi uchun dolzarbligi inobatga olinib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun tanlab olingan edi.