Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
Gallery image 279334
Gallery image 279335
Gallery image 279336
Gallery image 279337
Gallery image 279338
Gallery image 279339
Gallery image 279340
Gallery image 279341
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
30 Okt 2026
09:33

DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 12-Toshkesar saylov okrugidan saylangan X.Mashrabayeva tomonidan 2026-yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Toshkesar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mahalla raisi, mahalla yettiligi a’zolari, ko‘cha boshilari, mahalla faollari hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan uchinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar bilan olib borilgan muloqotlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan faoliyat yuzasidan axborot berildi.

Muloqot chog‘ida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla raisi, mahalla yettiligi a’zolari va ko‘cha boshilari bilan hamkorlikda aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning qonuniy yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.