Barcha yangiliklar
18-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 279326
Gallery image 279327
Gallery image 279328
Gallery image 279329
Gallery image 279330
Gallery image 279331
Gallery image 279332
Gallery image 279333
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
30 Okt 2026
09:31

18-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida shahardagi 18-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, isitish tizimining sozligi, sinf xonalarida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mavsumga tayyorgarlikni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Shu bois o‘rganish jarayonida aniqlangan holatlarga e’tibor qaratilib, mavjud masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarida mavsumiy tayyorgarlik ishlarining holatini xolisona baholash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishdan iborat.

Bunday o‘rganishlar belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida davom ettirilib, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati olib boriladi.