


#Buloqboshi #XalqDeputatlari #DualTalim #2SonTexnikumi #KasbHunar #YoshlarKelajagi #DeputatNazorati
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash hamda mustaqil daromad topishlari uchun munosib sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 21-Yuksalish Uchköcha saylov okrugi T.Buvamatov 2-son texnikumi o‘quvchilarining dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirish maqsadida olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ko‘zdan kechirdi.
Jarayon davomida o‘quvchilarning amaliyot o‘tash joylaridagi sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. Mashg‘ulot rahbarlari va mutaxassislar yoshlarning kasb sirlarini puxta egallashi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda ular o‘zlashtirayotgan kasblari bo‘yicha rejalari, yaratilgan sharoitlardan mamnuniyatlari haqida so‘zlab berishdi.
Tumanda yoshlarning bandligini ta’minlash va kasbiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.
| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |