


Gʻallaorolda ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
Gʻallaorolda ko‘p qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov va viloyat Kengashi deputati D. Hamdamova Gʻallaorol tumani Baxt mahallasidagi ikkita ko‘p qavatli uyda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda ta’mirlash ishlari borishini joyida o‘rgandi. Deputatlar o'rganish davomida uylarning tom qismi, isitish tizimi, kommunikatsiya tarmoqlari, yerto‘la va kirish yo‘laklarining holatini ko‘zdan kechirdi. Ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputatlar uylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammo va takliflarni tinglashdi. Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.