Barcha yangiliklar
#BuloqboshiKengashi #DeputatYordami #Tadbirkorlik #Bandlik #FuqarolarMurojaati #AmaliyYordam
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
30 Okt 2026
09:25

#BuloqboshiKengashi #DeputatYordami #Tadbirkorlik #Bandlik #FuqarolarMurojaati #AmaliyYordam

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 11-Qaqir saylov okrugi deputati D. Yo‘ldasheva tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning bandligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Navbatdagi murojaat mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqaro tomonidan kelib tushdi. Deputat tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganilib, unga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli tashkilot — tuman Bandlik bo‘limiga olib borildi.
Natijada, fuqaroning murojaati asosida shu kunning o‘zida yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish masalasi ham ijobiy hal etildi.
Ushbu amaliy yordam fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Deputatning asosiy maqsadi — fuqarolar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmasdan, ularning muammolariga amaliy yechim topishdir.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |