



Deputatlar istirohat bog‘i va sport maktabi faoliyatini o‘rgandi
Deputatlar istirohat bog‘i va sport maktabi faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov va viloyat Kengashi deputati D. Hamdamova Mirzabuloq mahallasidagi istirohat bog‘i hamda bog‘ hududida joylashgan 2-sonli sport maktabi faoliyatini joyida o‘rgandi.
O‘rganish davomida istirohat bog‘ining obodonlashtirilishi, yoritish tizimi, dam olish maskanlari, bolalar o‘yin maydonchalari va umumiy tozaligi holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, sport maktabida mashg‘ulotlar tashkil etilishi, sport zallari va jihozlarning holati, yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Deputatlar bog‘ va sport maktabi rahbarlari hamda mas’ul xodimlar bilan suhbatlashib, faoliyat davomida duch kelinayotgan muammo va takliflarni tingladi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.