Barcha yangiliklar

MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
30 Okt 2026
09:19
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati B. Narzullayeva G‘o‘bdin mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar hamda mavjud masalalar yozib olindi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan masalalarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan ish olib borildi.