

Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Q.Xiloliddinov, G.To‘gilova va S.Kankelov tomonidan Do‘stlik mahallasida faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlik subyekti faoliyati hamda «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida faoliyatning qonuniy yuritilishi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lanishi, buxgalteriya hisobi yuritilishi, mahsulotni naqd va (yoki) naqdsiz hisob-kitob asosida realizatsiya qilish, yollanma xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilishi hamda ularning ijtimoiy muhofazasi masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-246-son Farmonida belgilangan yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va biznesni «soyadan chiqarish» vazifalari doirasida amalga oshirilmoqda.
Maqsad — oilaviy tadbirkorlik faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish.