




Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_örganish
#Madad_NTT
📌 Sessiya kun tartibidagi muhim masala yuzasidan fikr almashildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S.Ochilov hamkorligida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masala yuzasidan ishchi muhokama tashkil etildi.
🤝 Muhokama davomida kun tartibidagi masalaning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati hamda ijrosi bilan bog‘liq jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan o‘zaro fikr va takliflar bildirilib, tegishli yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
📌 Bunday uchrashuvlar sessiya kun tartibidagi masalalarni puxta o‘rganish, ularning mazmunini kengroq tahlil qilish hamda asosli qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube