Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 279259
Gallery image 279260
Gallery image 279261
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
09:11

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Saylovchilarga_axborat_berildi
📢 SAYLOVCHILARGA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov “Oyinli” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan mamlakatimizda va tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

🏘 Shuningdek, mahalla hududida uyma-uy yurish tashkil etilib, fuqarolarning yashash sharoitlari, kundalik hayotida uchrayotgan muammolari va takliflari bilan yaqindan tanishildi.

📌 Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube