Barcha yangiliklar







MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
30 Okt 2026
08:54
Savruk mahallasida yo‘l shag‘allashtirilmoqda
Savruk mahallasida yo‘l shag‘allashtirilmoqda
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi Kotibiyati mudiri B. Qorajonov Savruk mahallasida bo‘lib, Qilichmozor qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lning holati bilan tanishgan edi.
Bugungi kunda mazkur yo‘lda shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va mahalla aholisi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Kengash faoliyati doirasida hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.