Barcha yangiliklar





MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
30 Okt 2026
08:50
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I. Ravshanov tomonidan Ko‘kbulok qishlog‘ida elektr ta’minotini yaxshilash masalasida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur so‘rov natijasida aholi uchun muhim bo‘lgan ushbu masala ijobiy hal etilmoqda.Ayni paytda Ko‘kbulok qishlog‘ida 1 kilometr elektr tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilmoqda. Zarur bo‘lgan beton elektr ustunlari olib kelinmoqda va tarmoqni yangilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yakunlangach, qishloqda elektr ta’minoti barqarorligi va sifati yaxshilanishi kutilmoqda.