Barcha yangiliklar

MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
30 Okt 2026
08:47
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Nargiza Mamarasulova Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni mustahkamlash, aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.