




INSON MANFAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA: MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
Har bir murojaat ortida insonning hayotiy muammosi, umidi va qonuniy talabi mujassam. Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning mazmunini chuqur o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topish inson manfaatlarini ta’minlashning muhim shartidir.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tahlil qilish hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va tegishli xizmatlarni tashkil etishda mas’uliyatli yondashuv muhimligi ta’kidlandi.
Murojaatlar bilan ishlashda har bir fuqaroning holatiga individual yondashish, masalalarni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Maqsad — fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy xizmatlar sifatiga e’tibor qaratish va aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash.