Barcha yangiliklar
INVESTITSIYA LOYIHALARI — HUDUD IQTISODIYOTI VA YANGI IMKONIYATLAR POYDEVORI
Gallery image 279234
Gallery image 279235
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
23:08

INVESTITSIYA LOYIHALARI — HUDUD IQTISODIYOTI VA YANGI IMKONIYATLAR POYDEVORI

Hududga investitsiyalarni jalb etish, yangi loyihalarni samarali amalga oshirish va iqtisodiy faollikni oshirish — barqaror taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Har bir investitsiya tashabbusining puxta asoslanishi va kutilayotgan natijalarining aniq belgilanishi uning samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan investitsiya masalasiga oid hujjatlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni, investitsiya tashabbusining maqsadi, uni amalga oshirish bilan bog‘liq iqtisodiy jihatlar hamda hudud rivojiga ta’sirini baholashga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, masalani sessiyada atroflicha ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlarni tizimlashtirish, hujjatlarning asoslanganligini ta’minlash va taklif etilayotgan yechimlarning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish muhimligi qayd etildi.

Investitsiya masalalarini oldindan o‘rganish Kengash sessiyasida muhokama qilinadigan masalalarning mazmunan puxta tayyorlanishi, iqtisodiy manfaatlarning hisobga olinishi va asoslangan qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

Maqsad — investitsiya masalasini sessiyada ko‘rib chiqish uchun puxta tayyorlash hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish