Barcha yangiliklar
QISHLOQ XO‘JALIGIDA QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH — ENERGIYA SAMARADORLIGI SARI MUHIM QADAM
Gallery image 279232
Gallery image 279233
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
23:06

QISHLOQ XO‘JALIGIDA QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH — ENERGIYA SAMARADORLIGI SARI MUHIM QADAM

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va elektr energiyasi sarfini maqbullashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Quyosh panellarini o‘rnatish energiya ta’minoti imkoniyatlarini kengaytirish va mavjud resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati S. Xojiyev navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi sohasida quyosh panellarini o‘rnatish masalasiga oid hujjatlarni o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida quyosh panellarini o‘rnatish masalasiga doir taqdim etilgan hujjatlar, loyihaning maqsadi hamda uni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy va iqtisodiy jihatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, masalani sessiyada atroflicha ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlarning to‘liqligi, hujjatlarning asoslanganligi va taklif etilayotgan yechimlarning maqsadga muvofiqligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo‘jaligida quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish energiya samaradorligini oshirish va ekologik jihatdan maqbul texnologiyalarni rivojlantirishga zamin yaratadi.

Maqsad — sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalaning huquqiy va iqtisodiy jihatdan puxta tayyorlanishiga e’tibor qaratish hamda asoslangan qaror qabul qilinishiga ko‘maklashish.