Barcha yangiliklar
OCHIQ ESHIKLAR KUNI — YOSHLAR UCHUN KASB TANLASH VA KELAJAKNI BELGILASH IMKONIYATI
Gallery image 279229
Gallery image 279230
Gallery image 279231
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
23:05

OCHIQ ESHIKLAR KUNI — YOSHLAR UCHUN KASB TANLASH VA KELAJAKNI BELGILASH IMKONIYATI

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning qiziqish va qobiliyatlariga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlashiga ko‘maklashish — kelajakdagi muvaffaqiyat sari muhim qadamdir. Ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishish esa yoshlarga kasbiy imkoniyatlarni anglash va ongli tanlov qilishda yordam beradi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirga tayyorgarlik jarayoni, tashkiliy masalalar, texnikumda mavjud ta’lim yo‘nalishlarini tanishtirish hamda yoshlarga kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbir doirasida o‘quv ustaxonalari, amaliy mashg‘ulotlar va kasbiy ta’lim imkoniyatlarini namoyish etish orqali yoshlarning texnikum faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

“Ochiq eshiklar kuni” yoshlar, ota-onalar va keng jamoatchilikka texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda kasb egallash imkoniyatlari haqida ma’lumot olish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Maqsad — tadbirni puxta tashkil etish, yoshlarning kasbiy ta’limga qiziqishini oshirish va ularni kelajakdagi kasbini ongli tanlashga yo‘naltirish.