



TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR TARBIYASI — DOIMIY E’TIBORDA
Yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularni ma’naviy yetuk va kasbiy jihatdan malakali mutaxassislar etib tarbiyalash — kelajak taraqqiyotining muhim shartidir. Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Yangiobod tuman texnikumi direktori bilan uchrashib, ta’lim-tarbiya yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan suhbatlashdi.
Suhbat davomida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, davomatni ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarda mas’uliyat, intizom va kasbga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash hamda ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Ta’lim muassasasi rahbariyati bilan olib borilgan muloqot yoshlarning ta’lim olishi va tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Maqsad — Yangiobod tuman texnikumida ta’lim sifatini oshirish, tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish va yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish.