Barcha yangiliklar
TA’LIM UCHUN YANGI IMKONIYAT: O‘QUV USTAXONASI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 279221
Gallery image 279222
Gallery image 279223
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
22:54

TA’LIM UCHUN YANGI IMKONIYAT: O‘QUV USTAXONASI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 Zamonaviy kasbiy ta’lim — malakali mutaxassislar tayyorlash, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni mehnat bozoriga tayyorlashning muhim poydevoridir. Buning uchun ta’lim muassasalarida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtiradigan zarur shart-sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan deputatlik nazorati doirasida Yangiobod tuman texnikumida yengil konstruksiyali o‘quv ustaxonasini qurish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida o‘quv ustaxonasini barpo etish ishlari, qurilish jarayonining borishi hamda kelgusida ushbu maskanda o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Yangi o‘quv ustaxonasining foydalanishga topshirilishi texnikum o‘quvchilari uchun kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash va tanlagan kasbi bo‘yicha tajriba orttirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Maqsad — qurilish ishlarining borishini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish hamda texnikumda sifatli kasbiy ta’lim olish uchun zarur sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish.

Bugun yaratilayotgan ta’lim sharoitlari — ertangi malakali mutaxassislar va hudud taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir!