Barcha yangiliklar
MILLIY SAN’ATGA E’TIBOR — YOSHLAR ISTE’DODINI RO‘YOBGA CHIQARISH OMILI
Gallery image 279219
Gallery image 279220
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
22:52

MILLIY SAN’ATGA E’TIBOR — YOSHLAR ISTE’DODINI RO‘YOBGA CHIQARISH OMILI

 Milliy musiqa va san’atga mehr uyg‘otish, yosh avlodning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash — ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. San’at to‘garaklari yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, ularni milliy merosimizga hurmat ruhida kamol toptiradi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, o‘quvchilarning doira to‘garagi mashg‘ulotlari bilan tanishdi.

Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning doira chalish mahorati, milliy ritmlarni o‘zlashtirishi hamda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim jarayoniga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, milliy cholg‘u asboblariga qiziqishini oshirish va ularning iste’dodini yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Doira — xalqimizning boy musiqiy merosi, milliy kuy-qo‘shiqlarimizning ajralmas qismidir. Yoshlarning ushbu san’at turini o‘rganishi milliy an’analarimizni kelajak avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

Maqsad — yoshlarning san’atga qiziqishini kuchaytirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish va milliy musiqa an’analarini keng targ‘ib etish.