Barcha yangiliklar
SAN’AT MASKANIDA QISHGA TAYYORGARLIK: ISITISH TIZIMI VA QOZONXONA HOLATI NAZORATDA
Gallery image 279216
Gallery image 279217
Gallery image 279218
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
22:51

SAN’AT MASKANIDA QISHGA TAYYORGARLIK: ISITISH TIZIMI VA QOZONXONA HOLATI NAZORATDA

Ta’lim va san’at maskanlarida qulay sharoit yaratish, ayniqsa, kuz-qish mavsumida issiqlik ta’minotining barqarorligini ta’minlash o‘quvchilar uchun xavfsiz va samarali ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, qozonxonaning holati, uning tozaligi va obodonlashtirilishi, shuningdek, sovuq kunlarda binoda zarur haroratni ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish uchun isitish uskunalarining sozligi, qozonxonaning sanitariya talablariga muvofiq saqlanishi hamda tegishli xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi muhimdir.

Maqsad — 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun qish mavsumida qulay, xavfsiz va issiq muhitni ta’minlash.