


“YASHIL MAKON” — OBOD HUDUD VA SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Yangiobod tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi faoliyati hamda hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida hududlarda ko‘chat ekish ishlarini tashkil etish, yashil maydonlarni kengaytirish, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash hamda ularning saqlanib qolishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, hududlarning ekologik holatini yaxshilash va “Yashil makon” loyihasi doirasidagi tadbirlarni izchil tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
EKOLOGIK MAS’ULIYAT — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
Maqsad — Yangiobod tumanida yashil hududlarni kengaytirish, atrof-muhit musaffoligini asrash va kelajak avlod uchun qulay ekologik muhit yaratish.