Barcha yangiliklar
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI, OILA FAROVONLIGI VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH — DOIMIY E’TIBORDA
Gallery image 279213
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
22:39

XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI, OILA FAROVONLIGI VA IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH — DOIMIY E’TIBORDA

Jamiyat taraqqiyoti oilalar mustahkamligi, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasi hamda ularning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan tanishib, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratdi.

Faoliyat doirasida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash masalalari muhim yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Maqsad — oilalar farovonligini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga ko‘maklashish.