



UCH AVLOD UCHRASHUVI — AVLODLAR O‘RTASIDAGI MA’NAVIY KO‘PRIK
Avlodlar davomiyligi, milliy qadriyatlar va hayotiy tajriba — jamiyat ma’naviy taraqqiyotining muhim tayanchidir. Keksalarning ibratli hayot yo‘li, o‘rta avlodning mehnati va izlanishlari, yoshlarning ezgu orzu-intilishlari o‘zaro uyg‘unlashgan muhitda ma’naviy meros avloddan avlodga yetib boradi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov ishtirokida Yangiobod tumani Sarmich MFY hududida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasi, o‘rta avlodning mehnat va izlanishlari hamda yosh avlodning kelajak sari intilishlari o‘zaro uyg‘unlashdi.
Samimiy muloqot davomida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ustozlarga hurmat ko‘rsatish, Vatanga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Katta avlod vakillarining hayotiy saboqlari yoshlarga matonat, mehnatsevarlik va mas’uliyat kabi fazilatlarning qadrini anglashda muhim o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda milliy o‘zlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga yordam beradi.
Uch avlod vakillari o‘rtasidagi muloqot mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash bilan birga, yoshlarni ajdodlarimizga munosib vorislar etib tarbiyalashda ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Maqsad — avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni yoshlar qalbiga singdirish hamda ularni bilimli, vatanparvar va mas’uliyatli insonlar etib tarbiyalashga hissa qo‘shish