

FUQAROLAR MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBOR VA DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati va “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan masalalarni chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi nazoratda turgan murojaatlar yuzasidan aniq amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda yuzakilik va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, har bir murojaat ortida inson taqdiri va qonuniy manfaatlari turganini inobatga olish, fuqarolarga o‘z vaqtida asoslantirilgan javoblar berilishini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Qonun ustuvorligi, mas’uliyat va amaliy natija — fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning asosiy mezonidir!